Namanganda 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarni olib o‘tmoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
3-sahifa
−
09 mart
4428Namanganda 1 milliard so‘mlik tilla buyumni bojxona nazoratisiz olib o‘tmoqchi bo‘lganlarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
2023 yilning 24 iyul kuni “Namangan–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruvlar natijasida yo‘lovchi – Namangan shahrida yashovchi K.N.ning yonida 1 dona yarim tayyor zanjir holatidagi tilla taqinchoq borligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda harakatlanayotgan Lacetti ham Pop tumanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, G‘.O. ga tegishli 29 dona yarim tayyor zanjir ko‘rinishidagi tilla taqinchoqlar borligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, G‘.O. juda ko‘p miqdordagi quyma tilla mahsulotlarini notanish shaxslardan sotib olib, ularni zargarlarga zanjir ko‘rinishida yasattirgan.
O‘z navbatida, K.N. ushbu tilla buyumlarni qonunga xilof ravishda bojxona nazoratini chetlab o‘tib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Hindistonga olib borib sotishni rejalashtirgan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur 30 dona yarim tayyor holatdagi tilla taqinchoqlarning sof og‘irligi 1 kg 516 gr bo‘lib, qiymati 1 mlrd 46 mln so‘mga teng.
Chegara-bojxona postidagilarning e’tiborini tortmaslik maqsadida, 958 dan yuqori asllik darajasida bo‘lgan zanjir ko‘rinishidagi tilla taqinchoqlarga “916”, “22KR” asillik darajasi o‘rnatilgan.
Holat yuzasidan DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasining Tergov bo‘limi tomonidan G‘.O. va K.N.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi tomonidan G‘.O.ga nisbatan 3 yil, K.N.ga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.
LiveBarchasi