Namanganda hokimlik yoshlar uchun tungi klub tashkil qildi(mi?)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimligi tashabbusi bilan tuman markazida tungi klub tashkil etilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Xabarda aytilishicha, mas’ullar ko‘ngilochar maskanlarni qidirib sarson yurgan tuman yoshlarini ovoragarchiliklariga chek qo‘yish va ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida “diskoteka” tashkil qilgan. 

QALAMPIR.UZ mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Rustamxon Temirov bilan bog‘landi. 

Uning ma’lum qilishicha, bu loyiha yoshlar dam olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun Kosonsoy tumani hokimligi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, kechki soat 21:00 gacha ishlaydi.

“Bu loyiha dastlab Yoshlar ishlari agentligi tomonidan olib chiqilgan edi. Bu tungi klub yoki diskoteka emas. Ma’lumot tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda, deydi Rustamxon Temirov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimligi mas’ullari va davlat tashkilotlari rahbarlari restoranda raqqosalar hamrohligida dam olayotgani aks etgan video tarqalib keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan hokimlik tungi klub Kosonsoy diskoteka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing