Namanganda hokim o‘rinbosari 28 yoshda vafot etdi
3-sahifa
−
25 fevral 2023
44405Namangan viloyati Davlatobod tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Qayumov 23 fevral kuni 28 yoshida vafot etdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u nafas yetishmovchiligi sababli Respublika ko‘p tarmoqli shoshilinch tibbiy yordam markazi Namangan filialida hayotdan ko‘z yumgan.
Ma’lumot uchun, Abdurasul Qayumov 1995 yil Namangan shahrida tug‘ilgan. 2018 yil Malayziya Limkopling ijodiy texnologiya universitetini tamomlagan.
U 2022 yil 16 avgust kuni Davlatobod tuman hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bunga qadar tuman hokimligi investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi