Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari ishdan olindi

Jamiyat

image

Bugun, 19 avgust kuni San’atbek Salayev Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Sherzod Berdiyev egalladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sherzod Jumanazarovich Berdiyev viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Sherzod Berdiyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i  lavozimida ishlab kelgan.

Qayd etish joiz, San’atbek Salayev 2018 yildan buyon viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning nima uchun lavozimidan olingani ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Odilbek Ortiqov xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing