Namanganda ham ayol kishi hokim lavozimiga tayinlandi
Jamiyat
−
04 mart 2020
8286Bugun O‘zbekistonda tom ma’noda ayol hokimlar kuni bo‘ldi. Bugunning o‘zida mamlakatda uchinchi ayol hokimlikka tayinlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Zulayho Bahriddinovna Mahkamova Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Zulayho Mahkamova 1968 yili Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, Namangan Davlat pedagogika instituti va Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – o‘qituvchi-pedagog.
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyatining Bo‘ston tumani va Qashqadaryo viloyatning Qarshi tumaniга ham ayol hokimlar tayinlangan edi.
LiveBarchasi