Namangan viloyatida deputat baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi

Jamiyat

image
Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati, "Istiqlol javohiri" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Islomjon Tayrboyev 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
 
Islomjon Tayrboyev 1976 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1995 yili Namangan sanoat texnologiya instituti huzuridagi tadbirkorlik va biznes kursini tamomlagan.
 
2008 yildan hozirga qadar Namangan shahridagi "Istiqlol javohiri" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
 
Ma’lumot uchun, Islomjon Tayrboyev 2020 yilning 21 oktyabr kuni baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Uning o‘limiga aynan nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan.

Maqola muallifi

Teglar

Baxtsiz hodisa

Baholaganlar

758

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing