Farg‘onada 12 yoshli bola poyezd urib yuborishi natijasida halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 may kuni Farg‘ona viloyatida yo‘lovchi poyezdi 12 yoshli voyaga yetmagan bolani urib ketdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30 may kuni soat 11:45 larda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi TXTBga Qo‘qon MTU navbatchisi A.X. shu kuni soat 11:40 larda elektrovoz mashinisti S.Sh. boshqaruvida bo‘lgan "Andijon-Toshkent" yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi "Marg‘ilon-Oltiariq" temir yo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib ketayotgan vaqtida, ushbu to‘siqda joylashgan piyodalar o‘tish yo‘lagidan velosipedda o‘tib ketmoqchi bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan Z.J.ni, o‘z ehtiyotsizligi oqibatida urib yuborganligi haqida xabar berdi.

Z.J. tanasining turli joyidan tan jarohati olib Oltiariq tumani SHTTYOBga olib ketilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2020 yil 2 iyun kuni shifoxonada vafot etdi.

Ushbu baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi holat bir hafta ichida voyaga yetmaganning o‘limi bilan tugallangan uchinchi baxtsiz hodisa. Bundan avval Qashqadaryo va Jizzax viloyatida voyaga yetmaganlarning o‘limi bilan tugagan yo‘-transport hodisalari haqida xabar bergan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

Baxtsiz hodisa

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing