Prokuratura xodimi bir qizning hayotini saqlab qoldi
Jamiyat
−
10 aprel 2019
6659Joriy yilning 8 aprel kuni Sirdaryo viloyati hududidan oqib o‘tadigan “Do‘stlik” kanalida cho‘kayotgan maktab o‘quvchisi qutqarib qolindi. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Do‘stlik” kanali bo‘ylab harakatlanayotgan Sirdaryo viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A. Ubatov daryoda oqib kelayotgan qizga ko‘zi tushadi. Darhol suvga tushib, qirg‘oq bo‘yidagi odamlar yordamida qizni qutqarib qoladi.
Qutqarilgan shaxs Guliston shahar “Ulug‘ yo‘l” MFY hududida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan M.Sh. ekanligi aniqlangan. U shahardagi 4-o‘rta umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. Hozirda shifoxonaga yotqizilgan jabrlanuvchining ahvoli qoniqarli ekanligi ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, qiz kanal chetiga o‘rnatilgan zinadan pastga tushgan va bexosdan suvga yiqilib, oqib ketgan.
LiveBarchasi