Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ahror Ahmadaliyevich Mansurov tayinlandi.

U ushbu lavozimda Uychi tumaniga hokim bo‘lgan Shuhrat Mirsodiqovich Musayevning o‘rnida ish boshladi.

Ahror Mansurov 1988 yilda Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2013 yili Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi yurist.

Mehnat faoliyatini 2013 yilda Mingbuloq tumani davlat notarial idorasida notarius yordamchisiligidan boshlagan.

U 2014—2019 yillarda Namangan viloyati adliya boshqarmasi, Namangan viloyati hokimligida turli mas’ul va rahbarlik vazifalarida ish olib borgan.

Ahror Mansurov 2019 yildan buyon hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing