Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 5 mart kuni “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo‘lib ishlab kelgan Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Namangan shahar hokimligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiya ishida Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Umar Ismoilov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Olimjon Isayev 1972 yili Namanganda tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Namangan davlat universitetini tamomlagan. 

Namangan shahridagi “Ifoda agro kimyo himoya” korxonasi direktori, viloyat fermerlar kengashi raisi, “Mexmash” MCHJ kuzatuv kengashi raisi vazifalarida ishlagan. 2018 yil may oyidan beri  “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruviga raislik qilib kelayotgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Namangan shahrining sobiq hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov kecha, 5 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Namangan shahri Olimjon Isaev

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing