Namangan IIB seldan keyin aholiga murojaat bilan chiqdi

3-sahifa

image

Avvalroq, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida sel kelishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergn edik.

Hodisadan so‘ng viloyat Ichki ishlar boshqarmasi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi va aholidan Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on, Chust va Pop tumanlaridagi dam olish maskanlariga bormaslikni so‘radi.

“Hurmatli hamyurtlar! Kosonsoy tumanida yuzaga kelgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida tumanning tog‘li hududiga sel kelgani va buning oqibatida bir necha fuqarolar jabr ko‘rganini ma’lum qilamiz. Shu boisdan Namangan viloyati IIB barcha fuqarolar va harakat ishtirokchilaridan  zarur ish bo‘lmagan taqdirda Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on, Chust va Pop tumanlaridagi dam olish maskanlariga vaqtincha bormaslikni tavsiya etadi.

Tabiiy hodisalarga befarq qaramay, o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligi uchun uyda qoling!”, deyiladi IIB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Kosonsoy tumanidagi sel qo‘shni Qirg‘izistonda yuz bergan qisqa lekin kuchli yomg‘ir sabab sodir bo‘ldi. Sel natijasida qo‘shni respublikada ham 8 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan sel

Baholaganlar

265

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing