Namanganda 11 yoshli bola YTH oqibatida vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 18 fevral kuni Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa soat 08:30 lar atrofida avtomobil “Umid chirog‘i” kunduzgi parvarish markazi tarbiyalanuvchilarini shaharga olib ketayotganda sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tarbiyalanuvchilardan biri – 2015 yilda tug‘ilgan Sh.X. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. 

Qolgan 5 nafar bolaga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilib, ular Norin tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib chiqish sabablari va barcha holatlari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yuk mashinasi urib yuborgan 22 yoshli kurer vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan yo'l-transport hodisasi Norin tuman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing