Yulian Nagelsmann O‘zbekiston MTJ ustozining rekordini yangiladi
Sport
−
15 iyun 2024 9913 1 daqiqa
Germaniyalik mutaxassis Yulian Nagelsmann Yevropa chempionatida murabbiylik qilgan eng yosh murabbiyga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
Nagelsmann 36 yoshu 327 kunligida Yevro-2024'ning dastlabki o‘yinida debyut qildi. Bu borada nemis mutaxassisi, hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarayotgan sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanetsning rekordini yangiladi.
Srechko Katanets Yevro-2000'da Sloveniya termasini boshqargan. O‘shanda Katanets 36 yoshu 333 kunligida mamlakat terma jamoasiga yirik musobaqada ustozlik qilgan.
Ma’lumot uchun, Nagelsmann o‘tgan yili Germaniya terma jamoasi murabbiylik postini qabul qilib olgandi. Mutaxassis faoliyati davomida “Bavariya”, Leypsig”, “Xoffenxaym” va boshqa bir qator nemis klublari bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28