Nagelsmann Germaniya terma jamoasini tark etdi – OAV

Sport

image

Yulian Nagelsmann 2026 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni yakunlagan va endi Nagelsmann Germaniya milliy jamoasini boshqarmaydi.

Avvalroq, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida Yurgen Klopp ko‘rilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, Nagelsmann o‘z lavozimini tark etmasligini va shartnomasini uzaytirishni ham rejalashtirmayotganini ma’lum qilgan edi. Biroq Germaniyaning mundialdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin uni iste’foga chiqarishni to‘g‘ri qaror deb topgan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalida Paragvayga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.

Paragvay joriy yilning 5 iyul kuni chorak final yo‘llanmasi uchun Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing