Nadal yana bir nufuzli turnirni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirning 22 karra chempioni, jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Rafael Nadal 7 aprel kuni Monte-Karloda start oladigan Masters turnirida ishtirok etmaydi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Afsuski, Monte-Karloda o‘ynamasligimni ma’lum qilaman. Bunga sog‘ligimdagi muammo sabab. Hozirda o‘z ustimda ishlashda davom etayotgan bo‘lsam ham, sog‘ligimda muammo borligi bois, Masters turnirda qatnasha olmayman. Bu turnirni o‘tkazib yuborish men uchun juda og‘ir. Hozir qila oladigan yagona narsam – vaziyatni qabul qilish va o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoq hamda irodani saqlab, kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat”, deydi Nadal.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida ispaniyalik tennischi Indian-Uellsda o‘tkazilgan Professional tennischilar uyushmasi seriyali turnirida ishtirok etishdan bosh tortgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Rafael' Nadal' Katta dubulg'a Monte-Karlo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing