Nadal muxlislari bilan xayrlashdi
Sport
−
01 may
3232Dunyoning sobiq 1-raqamli ispaniyalik tennischisi, “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi 22 karra g‘olib Rafael Nadal Madriddagi “Masters” turniridagi so‘nggi uchrashuvidan so‘ng kortda kelasi yilgi turnirda ishtirok etishni rejalashtirayotgani haqida hazil qildi.
30 aprel kuni ispaniyalik tennischi turnir 1/8 final bahsida Jiri Legechkaga 5:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Men baxtliman. Bu men uchun alohida hafta bo‘ldi. Juda ijobiy va hissiyotli. Yana bu kortda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman. Faoliyatim davomida menga yordam bergan barchaga rahmat aytaman. Siz menga shu yerda o‘ynash imkoniyatini berdingiz. Men o‘zim yoqtirgan ish bilan shug‘ullanayotganimdan baxtiyorman. Shu darajaga chiqa olganimdan xursandman. Men bundan ortiq narsani orzu qila olmasdim. Hammasi hazil, men bu yerga kelasi yil qaytaman”, dedi Nadal arenadagi tomoshabinlarga.
Qayd etish joiz, 37 yoshli Nadal uchun bu Madriddagi so‘nggi o‘yin va katta ehtimol, Ispaniyadagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi, chunki u joriy mavsum oxirida faoliyatini yakunlamoqchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rafa 8-19 may kunlari Italiya poytaxti Rimda o‘tkaziladigan “Masters” turnirida ham ishtirok etmoqchi.