Nyu-Yorkda jinoyatlarni bashorat qiluvchi sun’iy intellekt ishga tushirildi

Texnologiya

image

Nyu-York politsiya departamenti ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarga asoslanib jinoyatlarni bashorat qiluvchi sun’iy intellektga 8 million dollar sarfladi. Bu haqda “Neuro Trends” nashri xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga asosan kelajakdagi jinoyatlarni bashorat qila oladigan ushbu kuzatuv tizimi Amerikaning “Voyager Labs” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.  Kompaniya Nyu-York politsiya departamenti bilan o‘zaro shartnomasiga asosan yangi dasturni ishlab chiqqan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastur odamlarning ijtimoiy tarmoqlardagi xatti-harakatlari asosida kelajakdagi jinoyatlarni bashorat qila oladi va xavfli shaxslarni avtomatik ravishda aniqlaydi. Departament dasturiy ta’minotidan gumonlanuvchilar va jinoyatchilarni kuzatish uchun foydalanadi.

Bildirilishicha, politsiya hali ushbu dasturdan foydalanishni boshlamagan.

Eslatib o‘tamiz, kaliforniyalik o‘t o‘chiruvchilar o‘rmon yong‘inlarini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanyapti. Buning uchun shtat bo‘ylab o‘rnatilgan kameralar ulanadigan ilova ishlab chiqildi. 


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat N'yu-York sun'iy intellekt dastur Ijtimoiy tarmoqlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing