Nyu-Yorkda polietilen paketlardan voz kechildi
Olam
−
01 mart 2020 6580 1 daqiqa
1 martdan boshlab AQSHning Nyu-York shtatidagi do‘konlar va boshqa savdo nuqtalarida xaridorlarga bir martalik polietilen paketlarni berish yoki sotish taqiqlandi. Bu haqida “The Chronical-Express” xabar bermoqda.
Shtat gubernatori Endryu Kuomoning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda polietilen paketlar shahar ko‘chalarini to‘ldirib tashlamoqda, poligonlardan tashqari suv havzalarini ham ifloslantirmoqda.
Shu sababli, mahalliy hokimiyat ba’zi ekologik muammolarni hal qilish orqali tabiatni chiqindidan himoya qilishni rejalashtirmoqda.
Polietilen paketlar o‘rniga pulli bo‘lgan qog‘ozli sumkalar muomalaga kiritilishi belgilangan. Shu bilan birga, qog‘oz paketlardan tushgan mablag‘ning bir qismi atrof-muhitni muhofaza qilish davlat fondiga tushishi ma’lum qilingan.
Davlat amaldorlarining umid bildirishicha, ko‘rilgan choralar Nyu-York aholisini qayta ishlatiladigan paketlar bilan xarid qilish imkoniyatini yanada oshiradi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28