Nyu-York meri koronavirus bolalarda ko‘p uchrayotganidan xavotirdaligini bildirdi

Olam

image

Nyu-Yorkda 15 nafar bolada koronavirus aniqlandi. Bu bolalarda tizimli yallig‘lanishli reaksiya sindromidir, dedi shahar meri Bill de Blazio.

“Ota-onalar, iltimos, diqqat qiling, chunki bu bizning bolalarimizga tegishli. Hatto bir necha kun oldin bunday noxush hodisalar yo‘q edi, ammo endi biz u bilan to‘qnashdik. Nyu-Yorkda 15 nafar bolada infeksiya aniqlandi”, deya qo‘shimcha qildi u.

“Gap kasallangan bola haqida bormoqda. Unda u isitma, toshma, qorin og‘rig‘i va qusishni his qiladi. Bunday alomatlarning paydo bo‘lishi bilan darhol shifokorni chaqirish zarur”, deya ta’kidladi de Blazio.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha o‘limlar bo‘lmagan, ammo rasmiylar bo‘layotgan ishlardan juda tashvishda.

Shahar meri Nyu-York sog‘liqni saqlash boshqarmasiga shahardagi shifokorlarga 21 yoshgacha bo‘lgan barcha bemorlar haqida zudlik bilan axborot berishni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing