Nensi Pelosi saylovoldi debatlarga qarshi chiqdi. U Baydendan xavotirda

Olam

image

AQSH Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden va Respublikachilar partiyasi nomzodi amaldagi Prezident Donald Tramp o‘rtasida debat o‘tkazilishiga qarshi.

"Men hech qanday bahsni o‘tkazmaslik kerak deb o‘ylayman", degan u payshanba kuni jurnalistlarga.

U Tramp debatlarda ham o‘zini Prezidentga noloyiq tarzda tutushi mumkinligidan xavotirda. Pelosining fikricha, nomzodlar bahslashish o‘rniga, "Amerika xalqi" ning savollariga turli joylarda nutq so‘zlab javob berishlari kerak.

Tramp Baydenni bir necha bor bahs-munozaralarga chaqirib, uni bunday duelga kuchi yetmasligini ta’kidlagan. Baydenning so‘nggi debati koronavirus pandemiyasidan oldin partiyadoshi Berni Sanders bilan bo‘lgan edi.

Bayden nutqlari so‘nggida savol-javoblar uchun vaqt qoldirmaydi. Bu o‘z navbatida Trampning e’tiroziga sabab bo‘lib kelyapti.  Shunday vaziyatda Demokratlarning Vakillik palatasidagi yetakchisi Nensi Pelosining bunday chiqishi ham partiyadoshining foydasi uchun bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Nensi Pelosi AQShda saylov

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing