Myunxen konferensiyasiga Putinning korchalonlari taklif qilinmadi

Olam

image

Myunxen xavfsizlik konferensiyasi 2023 yilning fevrali oyida bo‘lib o‘tadi, biroq unda Rossiya rasmiylari ishtirok etmaydi. Shuningdek, konferensiyada moskvalik rasmiylar o‘rniga rus muxolifati faollari qatnashadi. 

Konferensiyaning yangi raisi, Germaniyaning BMTdagi sobiq elchisi Kristof Xoysgen Twitter’dagi sahifasida 17-19 fevral kunlari Myunxenda bo‘lib o‘tadigan va xalqaro diplomatlarning tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha muhokamalarini o‘z ichiga oladigan konferensiyaga Rossiya rasmiylari taklif etilmagani haqida yozdi. 

“Rossiya rasmiylari 2023 yilgi Myunxen xavfsizlik konferensiyasiga taklif qilinmayapti. Biz Rossiyaning kelajagini Rossiya muxolifati yetakchilari va muhojirlikda yashayotgan ruslar bilan muhokama qilmoqchimiz. Ularning ovozi eshitilishi va kuchayishi kerak”, deb yozdi Xoysgen Twitter’da. 

Konferensiya veb-saytida aytilishicha, u alyansning birdamligi va qoidalarga asoslangan xalqaro tartib uchun siyosiy majburiyatini baholash imkoniyatini beradi.

Ma’lumot uchun, Myunxen xavfsizlik konferensiyasi – 1962 yildan beri Myunxenda (Germaniya) o‘tkazib kelinadigan yillik konferensiya. 1993 yilgacha u Harbiy ishlar bo‘yicha konferensiya deb atalgan va Xristian-ijtimoiy ittifoq homiyligida o‘tkazilgan, 1998 yildan Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. 

Dastlabki 30 yillik forum ishtirokchilari NATO davlatlarining harbiy va siyosiy rahbarlari, siyosatshunoslar va ommaviy axborot vositalari vakillari edi. Konferensiyada 1990-yillardan boshlab Rossiya va Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlari (1995 yildan), Xitoy, Hindiston, Yaponiya vakillari ishtirok etib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar