MYUning yarmi murabbiydan norozi bo‘lmoqda

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchilarining yarmi jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagdan hafsalasi pir bo‘ldi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis futbolchilar tomonidan bildirilgan xavotirlarga javob berishdan bosh tortgani uchun kiyinish xonasining ellik foizi mutaxassisga ishonchini yo‘qotgan. Ko‘pgina futbolchilar jamoaning o‘yin uslubidan norozi.

Qayd etilishicha, ba’zi tajribali futbolchilar mutaxassis bilan suhbat qurib, unga katta klublarda o‘ynash tajribasi haqida gapirib bergan. Shuningdek, Xagdan futbolchilarga nisbatan yumshoqroq muomalada bo‘lishni so‘ragan.

Ten Xag 53 yoshda va 2022 yilning yozidan beri “Manchester Yunayted”da ishlab kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2022/23 yilgi mavsumda Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi.

14 turdan keyin “Manchester Yunayted” 24 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Jamoa Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ham guruhda oxirgi o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Erik ten Xag

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing