MYUning noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

“Manchester Yunayted” muxlislari tomonidan darvozabon David De Xea jamoaning noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, De Xea 2018 yilning fevralidan buyon ilk bor “oyning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning noyabr oyida 31 yoshli darvozabon “Qizil iblislar” safida barcha musobaqalarda yettita o‘yinda maydonga tushib, ikkita bahsda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

“Men jamoaga yordam berish uchun keldim. Muhim daqiqalarda seyv ijro qilishga harakat qilaman. Shuning uchun ham shu yerdaman. Bu mening ishim. Rostini aytsam, mavsum boshidanoq o‘zimni yanada ishonchli va ruhiy jihatdan kuchli his qilyapman. Albatta, mukofotdan juda xursandman. Muxlislarga rahmat. “Manchester Yunayted” bir nechta qiyin haftalarni o‘tkazdi, ammo oxirgi natijalarimiz yaxshi. Xuddi shunday ruhda davom etishga harakat qilamiz”, deydi De Xea.

Eslatib o‘tamiz, “oyning eng yaxshi futbolchisi” sovrini sentyabr va oktyabr oylarida Krishtianu Ronalduga nasib qilgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

APL MYu Ronaldu De Xea Rangnik Noyabr'

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing