MYUni vaqtincha Nistelroy boshqaradi

Sport

image

Avvalroq, “Manchester Yunayted” klubining niderlandiyalik murabbiyi Erik ten Xag ishdan bo‘shatilgani xabar qilingandi. 

“Qizil iblislar”ni vaqtincha niderlandiyalik boshqa mutaxassis Rud van Nistelroy boshqarib turadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Rud van Nistelroy jamoani amaldagi shtabi ko‘magida vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida ishlaydi, klub esa doimiy bosh murabbiy qidirmoqda”, deyiladi MYU bayonotida.

Ma’lumot uchun, ten Xag 2022 yilning aprel oyidan buyon MYUni boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2023 yilda Liga kubogi va 2024 yilda Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Xag boshqaruvida transferlar uchun 650 million yevro sarflandi, jumladan yarim himoyachi Kazemiro, vinger Antoni, darvozabon Andre Onana, himoyachi Lisandro Martines, hujumchi Rasmus Xoylund va yarim himoyachi Meyson Mauntni jamoaga olib kelindi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Erik ten Xag Rud van Nistelroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing