Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

MYUni 10-15 nafar futbolchi tark etishi kerak – Runi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi klubning 10-15 nafar futbolchisi jamoadan ketishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Runi “Goal” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“MYU futbolchilari maqsadsiz va nimadandir qo‘rqib ketganga o‘xshaydi. Bruno ba’zida zerikarli o‘yin ko‘rsatsa ham, natijalarni taqdim qilishda davom etmoqda. Tarkibni jiddiy o‘zgartirish kerak. Menimcha, klubni 10-15 nafar futbolchi tark etishi kerak. Shubhasiz, bu ishni zudlik bilan amalga oshirish zarur, lekin bu jamoaning mentaliteti shundayki, hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Men Bruno va Maynuni jamoadan ketkazgan bo‘lardim. Klubda hozir mag‘lubiyatga juda yengil qaralmoqda. MYU futbolchilari biroz xarakter ko‘rsating va maydonda kurashing. Sizni mag‘lubiyatingizni ko‘rish meni xafa qildi”, deydi Runi.

“Manchester Yunayted” 28 ta turdan keyin 34 ochko jamg‘argan holda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted” futbol klubi uchun hozirgi “Old Trafford” o‘rnida yangi 100 ming o‘rinli stadion qurilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Ueyn Runi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing