MYUni 10-15 nafar futbolchi tark etishi kerak – Runi
Sport
−
14 mart 2025 2573 1 daqiqa
“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi klubning 10-15 nafar futbolchisi jamoadan ketishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Runi “Goal” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“MYU futbolchilari maqsadsiz va nimadandir qo‘rqib ketganga o‘xshaydi. Bruno ba’zida zerikarli o‘yin ko‘rsatsa ham, natijalarni taqdim qilishda davom etmoqda. Tarkibni jiddiy o‘zgartirish kerak. Menimcha, klubni 10-15 nafar futbolchi tark etishi kerak. Shubhasiz, bu ishni zudlik bilan amalga oshirish zarur, lekin bu jamoaning mentaliteti shundayki, hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Men Bruno va Maynuni jamoadan ketkazgan bo‘lardim. Klubda hozir mag‘lubiyatga juda yengil qaralmoqda. MYU futbolchilari biroz xarakter ko‘rsating va maydonda kurashing. Sizni mag‘lubiyatingizni ko‘rish meni xafa qildi”, deydi Runi.
“Manchester Yunayted” 28 ta turdan keyin 34 ochko jamg‘argan holda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted” futbol klubi uchun hozirgi “Old Trafford” o‘rnida yangi 100 ming o‘rinli stadion qurilishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025