Myuller jamoadoshlaridan norozi bo‘ldi

Sport

image

“Bavariya” yarim himoyachisi Tomas Myuller jamoaning Germaniya kubogi 1/16 finalida “Saarbryukken” bilan o‘yindagi sensatsion mag‘lubiyatidan so‘ng (1:2), klub futbolchilarini tanqid qildi. 

Unga ko‘ra, Myuller mag‘lubiyatdan keyin ko‘pchilik futbolchilarning muxlislarga yaqinlashib, ularga minnatdorlik bildirmaganidan norozi bo‘lgan.

“Saarbryuken”ni g‘alaba bilan tabriklashimiz kerak. Biz shunchaki aqlli o‘yin ko‘rsata olmadik va qarshi hujumlarda ko‘p vaziyatlarni qo‘ldan boy berdik. Raqib g‘alabaga haqli, agar “Bavariya” “Saarbryuken”dan mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, demak, xatolarimiz ustida ishlashimiz kerak”, deydi Myuller.

Shuningdek, Tomas jamoadoshlarini muxlislarga minnatdorlik bildirmaganidan norozi bo‘ldi.

“Muxlislar tanqidini to‘liq tushunaman. Gap o‘yin yoki natijaga bog‘liq emas. Futbol ishqibozlarini doim to‘g‘ri tushunishga harakat qilish kerak. Ular bu yergacha yuzlab kilometr yo‘l bosib o‘tdi. Futbolchi uchun eng muhimi muxlislarni xursand qilishdir”, deydi Myuller.

Ma’lumot uchun, “Saarbryukken” Germaniyada uchinchi liga vakili hisoblanadi. Jamoaga 1903 yil asos solingan. Hozirda klub o‘zi ishtirok etayotgan ligada 15-pog‘onani egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Tomas Myuller Saarbryukken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing