Myuller terma jamoadagi faoliyatini tugatdi
Sport
−
15 iyul
2510Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller termadagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“O‘z mamlakatim sharafini himoya qilganimdan faxrlanaman. Barchaga minnatdorlik bildiraman. Endi tribunadan jamoamni qo‘llab-quvvatlayman”, deydi futbolchi.
Shunday qilib, Yevro-2024 34 yoshli Myuller uchun Germaniya terma jamoasidagi oxirgi turnir bo‘ldi. U qit’a birinchiligida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, Tomas Myuller terma jamoa safida umumiy 131 ta o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U terma jamoa tarixidagi eng yaxshi 6-to‘purar hisoblanadi. “Bundestim” safida Tomas 2014 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
LiveBarchasi