MYUga kelishi kutilayotgan Rangnik qaysi futbolchilardan voz kechadi? 

Sport

image

“Manchester Yunayted” jamoasi tarkibi 2022 yilning yanvar oyida bosh murabbiylikka Ralf Rangnik kelishi bilan o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, nemis mutaxassisi yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashdan avval bir nechta o‘yinchini sotib yuborishi kerak. Shu sababdan qishki transferlar vaqtida kam o‘yin amaliyotidan norozi bo‘layotgan yarim himoyachi Donni Van De Bek va darvozabon Din Xenderson klubni tark etishi mumkin.

Shuningdek, Jessi Lingard ham mavsum oxirida “Manchester Yunayted”ni tark etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiyalik futborlchi faoliyatini Londonning “Arsenal” klubida davom ettirish variantini ko‘rib chiqmoqchi ekani haqida xabar bergan edik. “Kanonirlar” Donniga qiziqish bildirgan va futbolchining o‘zi hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor. Van De Bek allaqachon “Qizil iblislar” rahbariyatidan ushbu transferga yordam berishni so‘ragan

Ma’lumot uchun, Van De Bek 2020 yilning yozida “Manchester Yunayted” bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi. Hozirda uning transfer narxi 25 million yevroga baholangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

MYu Donni Van De Bek Rangnik Xenderson Lingard

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing