MYU yevrokuboklarda o‘ziga xos natija qayd etdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” yevrokuboklarning 120-daqiqasida ikkita gol urgan tarixdagi birinchi jamoa bo‘ldi. Bu haqda “OptaJoe” xabar berdi.

Yevropa ligasi chorak finalining javob uchrashuvida “Manchester Yunayted” “Lion”ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi. Ingliz klubi 120-daqiqada ikkita gol urdi. Kobbi Maynu va Garri Maguayrning gollari jamoaga g‘alaba keltirdi.

Birinchi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangandi. Shu tariqa, ikkita o‘yin natijasiga ko‘ra, “Manchester Yunayted” turnirning yarim finaliga yo‘l oldi va endi “qizil iblislar” final oldidan Ispaniyaning “Atletik” klubi bilan to‘qnashadi.

2025 yilgi Yevropa ligasi finali Ispaniyadagi “Atletik” klubining uy stadioni “San-Mames”da bo‘lib o‘tadi. Turnirning amaldagi g‘olibi Italiyaning “Atalanta” klubi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Evropa ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing