MYUning yangi bosh murabbiyi Ronalduni maydonga tushiradimi?
Sport
−
03 dekabr 2021
3889“Manchester Yunayted”ga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan Ralf Rangnik “qizil iblislar” hujumchisi Krishtianu Ronalduning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
“Murabbiy har doim jamoadagi futbolchilarga moslashishi kerak. Ronaldu? 36 yoshda bunday formadagi futbolchilarni ko‘rmaganman. Lekin gap faqat Krishtianuda emas, barcha futbolchilar va butun jamoa muhim. Ochig‘i, “Manchester Yunayted”da iqtidorli va tajribali futbolchilar bor. Yaqin orada jamoaga muvozanat olib kirishga harakat qilaman. MYU o‘rtacha hisobda har bir o‘yinda ikkita gol o‘tkazib yuboradi – bu juda ko‘p. Biz muvozanatni topishimiz kerak”, deydi Rangnik BBC’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rangnik Moskvaning “Lokomotiv” klubida sport va rivojlanish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. Joriy yilning noyabr oyida mankunianliklar matbuot xizmati germaniyalik mutaxassisni joriy mavsum oxirigacha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini malum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, 63 yoshli mutaxassis viza bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qilib bo‘lgan va “Qizil iblislar”ni joriy yil 5 dekabr kuni APL doirasida bo‘lib o‘tadigan “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinga tayyorlashi mumkin.
LiveBarchasi