MYU yangi bosh murabbiyi Bundesligadan futbolchi sotib olmoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning germaniyalik vaqtinchalik bosh murabbiyi Ralf Rangnik qishgi transfer oynasida Germaniya Bundesligasidan futbolchi olib kelmoqchi.

Rangnik vaqtinchalik murabbiy etib tayinlangach, MYU rahbariyati qishdayoq tarkibni kuchaytirish uchun malum miqdorda mablag‘ ajratishga va’da berdi. Rangnik o‘zining o‘yin uslubiga kim mos kelishi va kim bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelishini hali aniqlaganicha yo‘q, ammo u yanvarda jamoaga kim kelishini hal qilib qo‘ydi.

“The Times” nashri xabariga ko‘ra, Ralf Rangnik “Leypsig”ning 33 million funtga baholanayotgan yarim himoyachisi Amadu Aydarani Manchesterga olib kelmoqchi. Rangnik 2019 yilning yanvarida “Zalsburg”dan “Leypsig”ga ko‘chib o‘tganida malilik futbolchi bilan ishlashga ulgurgan. Chunki Rangnik Aydarani o‘zining pressing futbol uslubiga to‘g‘ri keladigan o‘yinchi, deb biladi.

Joriy mavsumda Amadu Aydara “buqalar” safida barcha turnirlar doirasida 17 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, kam o‘yin amaliyotidan norozi bo‘layotgan yarim himoyachi Donni Van De Bek va darvozabon Din Xenderson klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumot uchun, Rangnik “Qizil iblislar”ni “Arsenal”ga qarshi navbatdagi tur o‘yiniga tayyorlashga ulgurmasligini ma’lum qilgan edi. Ushbu bahsga jamoani Maykl Kerrik shug‘ullantiradi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Bundesliga Leyptsig Ral'f Rangnik Zal'tsburg Amadu Aydara

Baholaganlar

14

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing