MYU vakili bo‘lish imkoniyatini berganingizdan faxrlanaman – Bruno Sulsher haqida

Sport

image

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh o‘zining Instagram sahifasida Ole Gunnar Sulsherning jamoa bosh murabbiyligidan ketgani haqida fikr bildirdi.

“Aytganimdek, bu holatga barchamiz aybdormiz. Men uchun qilgan yaxshiliklaringizni hisobga olsam, minnatdorlik hech qachon yetarli bo‘lmaydi. Menga bo‘lgan ishonchingiz va MYU vakili bo‘lish imkoniyatini berganingizdan faxrlanaman. Ole, siz va oilangizga eng yaxshi tilaklarimni izhor qilaman”, deya yozadi Fernandesh.

Eslatib o‘tamiz, Bruno Fernandesh 2019 yilda “Qizil iblislar” safiga Portugaliyaning “Sporting” klubidan kelib qo‘shilgan va bu transfer amalga oshishini Sulsherning o‘zi istagan edi.

Ma’lumot uchun, Sulsher 2018 yilda “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgan edi. Norvegiyalik murabbiy qo‘l ostida ingliz klubi Yevropa ligasining 2020-21 yilgi mavsumi finaliga qadar etib bordi va unda “Vilyarreal”ga mag‘lub bo‘ldi (1:1, 10:11 – penaltilar seriyasi). 

Mankunianliklar Angliya Premer ligasi doirasidagi 12 o‘yinda 17 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 8-pog‘onasini egallab turibdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher Norvegiya Bruno Sporting Man Yunayted

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing