MYU o‘zining 44 yillik antirekordini yangiladi
Sport
−
21 Sentabr 2023
2930Kecha, 20 sentyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi 1- tur doirasida “Manchester Yunayted” va “Bavariya” klublari o‘zaro bahs olib bordi. Mazkur uchrashuvda Erik Ten Hag boshchiligidagi “mankunianliklar” raqib darvozasiga 3 ta gol kiritdi, biroq yakunda 1 ta to‘p farq bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi (3:4).
Bu orqali “Manchester Yunayted” 44 yil ichida birinchi marotaba ketma-ket 3 o‘yinda 3+ gol o‘tkazib yuborib, o‘zining antirekordini yangiladi. 1978 yilning dekabr oyida ham MYU shu kabi salbiy natija qayd etgandi. Shu yili klub “Bolton” (0:3) “Liverpul” (0:3) va “Vest Bromvich” (3:5) jamoalariga mag‘lub bo‘lgan edi.
Shuningdek, Erik ten Xag “mankunianliklar”ning 2019 yildan beri ketma-ket uchta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan ilk murabbiyiga aylandi. 2019 yilda Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida MYU shunday yoqimsiz seriya qayd etgandi. O‘shanda jamoa “Barselona”, “Everton” va “Manchester Siti”ga yutqazgan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum avvalida “Manchester Yunayted” “Brayton” va “Arsenal” klublarining har ikkalasiga 1:3 ko‘rinishidagi hisob bilan mag‘lub bo‘lgan.