MYU Tonali bilan muzokaralarni boshladi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Nyukasl Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Sandro Tonaliga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Romanoning ma’lum qilishicha, mankunianliklar futbolchiga qiziqish bildirayotganini allaqachon tasdiqlagan va uning agentlari bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatgan.

Biroq hozircha hech qanday kelishuvga erishilmagan va tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan. Qayd etilishicha, “Nyukasl Yunayted” yozgi transfer oynasi vaqtida Tonali atrofida sezilarli transfer faolligi bo‘lishini kutmoqda.

Ma’lumot uchun, Tonali joriy mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” va “Arsenal” jamoalari Sandro Tonalini sotib olish uchun kurashayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” Sandro Tonali “Nyukasl Yunayted”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing