“Real” “Nyukasl” futbolchisi uchun “Arsenal” bilan kurashmoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi “Nyukasl” yarim himoyachisi Sandro Tonalini sotib olish uchun “Arsenal” bilan raqobatga kirishdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ispaniya klubi yozgi transfer oynasida 25 yoshli italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va bu borada London klubi bilan raqobatlashishga tayyor.

Xabarda aytilishicha, “Real Madrid” skautlari Tonalini joriy yilning 7 mart kuni “Manchester Citi”ga qarshi o‘yinida kuzatgan. Ularning asosiy maqsadi Chempionlar ligasi doirasidagi “shaharliklar”ga qarshi bahs oldidan ma’lumot to‘plash bo‘lgan. Biroq, Madrid klubining yarim himoyachiga bo‘lgan qiziqishi transfer bozorida katta e’tiborni tortgan. Shuningdek “Arsenal” ham faol ravishda Tonaliga qiziqish bildirmoqda.

“Nyukasl” esa Tonalini jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va uni arzon narxda qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti. Jamoa rahbariyati italiyalik yarim himoyachining transfer narxini taxminan 100 million yevroga baholamoqda.

Futbolchining agenti Juseppe Riso barcha muhim qarorlar joriy mavsum yakunlangach qabul qilinishini ma’lum qilgan. Hozircha Tonali to‘liq e’tiborini “Nyukasl” safidagi o‘yinlariga qaratgan. Joriy mavsumda u 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali futbolchining bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” “N'yukasl” Sandro Tonali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing