MYU “Sautgempton”ga 9 ta gol urdi. Sulsher qanday fikrda?

Sport

image

“Manchester Yunayted” jamoasi Angliya Premer-ligasining 22 turidan o‘rin olgan bahsda “Sautgempton” ustidan 9:0 hisobidan g‘alaba qozondi. 

O‘yindan so‘ng, “mankunianliklar” bosh murabbiyi Sulsher o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Goal”nashri yozmoqda.

“Yigitlarim shafqatsiz edi, ular butun o‘yin davomida hujum qildi. Jamoa go‘yoki bu ularning so‘nggi o‘yinidek harakat qildi”, deydi Sulsher.

“Qizil iblislar” murabbiyi, shuningdek, jamoadagi ochlik hissini, uning yanada yaxshiroq bo‘lishga intilishini yuqori baholagan. 

“Biz ba’zi jihatlar ustida ishlayapmiz. Harakatlarimizni oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan jamoaga aylanmoqchimiz. Ijodkorlik va tasavvur erkinligi faqat ijobiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi”, deydi murabbiy.

Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Yunayted” 44 ochko bilan APL turnir chadvalida “Manchester Siti”dan so‘ng, ikkinchi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher Manchester Siti Manchester Yunayted MYu Sautgempton mankunianliklar

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing