MYU sarosimada qolganga o‘xshaydi – Ferdinand

Sport

image

“Manchester Yunayted” sobiq sardori Rio Ferdinand jamoa bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher haqida fikr bildirdi.

“Bu mavsumda Premer ligada biror hech bir sovrin uchun kurasha olmaymiz, deb o‘ylayman. Har hafta jamoamizni kuzataman. MYUning o‘yinida hech qanday falsafa yoki shaxsiyatni ko‘rmayapman. Jamoa sarosimada qolganga o‘xshaydi. Ole bizni chempion qila oladimi, degan savolga men har doim bir oz shubha bilan qaraganman. U buni qila oladimi yoki yo‘qmi, ishonchim komil emas edi. Ammo Ole yig‘gan jamoaning joriy mavsumdagi o‘yinlarini tahlil qilib, estafetani “Manchester Yunayted”ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan odamga topshirish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Ole boshini baland ko‘tarib ketishi mumkin.  O‘yinchilar murabbiydan qo‘rqmayotgani sezilib turibdi va ular yugurishmayapti, ba’zida esa o‘yin davomida jarohat olishyapti. Bu murabbiyga nisbatan hurmatsizlik”, deydi Ferdinand. 

Endilikda “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “Qizil iblislar”peshqadam “Chelsi”dan 9 ochko ortda qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Sulsher shogirdlari UEFA Chempionlar ligasining “F” guruhida 4 uchrashuvdan so‘ng, 7 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher MYu Ferdinand APL EChL

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing