MYU sardori Ronaldu haqida gapirdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” himoyachisi Garri Maguayr UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida “Vilyarreal” ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) va Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Bu bizning mavsumdagi eng yaxshi g‘alabamiz. So‘nggi bir necha oy davomida deyarli muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatmadik. Biroq bizga natija kerak edi. Birinchi bo‘limda qiyin o‘yin bo‘ldi. Menimcha, zaxira futbolchilari yordam berishdi, ikkinchi taym esa juda zo‘r o‘tdi. Asosiysi, safar o‘yinlarida mustahkam o‘ynash kerak. Yaratilgan vaziyatlar bilan o‘yin so‘ngida munosib bo‘lgan narsamizga erishdik. Birinchi bo‘limda biroz qo‘rqdik”, deydi Maguayr.

Shuningdek, MYU sardori Ronalduning ajoyib o‘yini va uning jamoadagi o‘rni haqida gapirdi:  

“Ronaldu ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Biz o‘z o‘yinimizga ishonchni qaytarishimiz kerak, agar shunday qilsak, u bilan birga g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘lamiz”.

Eslatib o‘ttamiz, ushbu g‘alaba evaziga “Manchester Yunayted” pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Guruhdagi qolgan uchta jamoa (“Atalanta”, “Vilyarreal” va “Yang Boyz”) ikkinchi o‘rin uchun kurash olib boradi. YeCHL 6-tur o‘yinlari joriy yilning 7-8 dekabr kunlari o‘tkaziladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher EChL MYu Ronaldu Vil'yarreal Maguayr Kerrik

Baholaganlar

512

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing