MYU Ronaldu, Pogba, Fernandesh va Sancho boshqotirmasini yechishi kerak – Gari Nevill

Sport

image

“Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi Gari Nevill jamoaning so‘nggi paytlarda duch kelayotgan muammolari haqida fikr bildirdi.

“Jamoa Pogba, Fernandesh, Ronaldu, Kavani, Grinvud, Reshford va Sancho kabi boshqotirmalarni yechishi kerak. Bu futbolchilarning kuchli tomonlarini uzoq vaqt egalik qilish orqali bilib bo‘lmaydi. Katta futbolchilar har xil yo‘llar bilan o‘ynashlari mumkin, lekin ularning barchasi  – hujumkor o‘yinchilardir”, deydi Nevill.

Shuningdek, Nevill o‘zi istagan MYUda “Liverpul” va “Manchester Siti” futbolchilari kabi ko‘p mehnat qiladigan o‘yinchilar yetishmayotganini ta’kidladi: 

“Manchester Yunayted” futbolchilariga Bernardu Silva, Kevin De Bryuyne va Sadio Mane kabi ko‘p mehnat qiladiganlar yetishmayapti. Men MYU yulduzlarida bunday xislatni ko‘rmayapman. Ular Mane, Firmino yoki Bernardudek jonkuyar emas. Agar kimdir sizdan ko‘ra ko‘proq harakat qilsa, hech qachon ulardan oldinda bo‘la olmaysiz, hammasi oddiy. Joriy mavsumda Varan, Sancho va Ronaldu tarkibga jalb qilindi, lekin klub katta bosim ostida. Bu so‘nggi 10 yildan beri mavjud bo‘lgan muammo”.

Ma’lumot uchun, Gari Nevill “qizil iblislar” safidagi 19 yillik faoliyati davomida 590 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol va 48 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shu muddat davomida 12 marta Angliya Premer ligasi, 2 marta UEFA Chempionlar ligasida zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

MYu Ronaldu Pogba Gari Nevill Fernandesh

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing