MYU “Man Siti”ning Xolandiga munosib raqobatchini o‘z safiga qo‘shib olmoqda

Sport

image

“Atalanta” klubining norvegiyalik forvardi Rasmus Xeylund tez orada Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi deb e’lon qilinadi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, hujumchi yangi klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga borgan. Futbolchi “Man Yunayted” bilan yana bir mavsumga uzaytirish shartiga ko‘ra 5 yillik shartnoma imzolaydi. Ingliz klubi daniyalik futbolchining transferi uchun “Atalanta”ga 75+10 million yevro to‘laydi. 

O‘tgan mavsum futbolchi klub miqyosida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, Xeylundning qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Ta’kidlash joiz, Xeylundning vatandoshi Erling Xoland Manchesterning boshqa bir jamoasi “Man Siti” safida to‘p tepadi. Ortda qolgan mavsum hujumchi “shaharliklar” bilan “trebl” qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Atalanta Rasmus Xeylund

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing