“Real” UEFA Superkubogi oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi

Sport

image

“Real Madrid”ning fransiyalik yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Italiyaning “Atalanta” jamoasiga qarshi UEFA Superkubogi uchun o‘yindan bir kun oldin mashg‘ulotlarda jarohat oldi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi bugun, 14 avgust kuni Polsha poytaxti Varshavada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda qatnasha olmaydi.

Kamavinga jamoadoshi va hamyurti Orelen Chuameni bilan mashg‘ulotdagi to‘qnashuvi oqibatida tizzasidan jarohatlangan. Aniq tashxis va tiklanish vaqti Madridda o‘tkaziladigan qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

“Real Madrid” UEFA Superkubogida Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi sifatida o‘ynaydi, “Atalanta” esa o‘tgan mavsumda Yevropa ligasida g‘olib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Atalanta Eduardo Kamavinga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made