“Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 50 mln yevro taklif qildi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Real Madrid” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.

Nashrga ko‘ra, Angliya klubi 23 yoshli futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilgan.“Real Madrid” “mankunianliklar” taklifini qabul qilishga tayyormi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Biroq manbaga ko‘ra, Madrid klubi fransuz futbolchisi bilan xayrlashish ehtimolini istisno qilmayapti.

Qayd etilishicha, “Real” bosh murabbiyi Joze Mourino Kamavingani asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmayapti. Bu esa yarim himoyachining yozgi transfer oynasida jamoani tark etishiga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kamavinganing “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing