“Man Siti” De Bryuynega yana bir o‘rinbosar topdi

Sport

image

“Atalanta” hujumkor yarim himoyachisi Sharl De Ketelarega “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “TBR Football” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 23 yoshli belgiyalik futbolchini Kevin De Bryuyne o‘rniga uzoq muddatli variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Sharl 2023 yilning avgust oyidan beri “Milan”dan ijara asosida o‘ynab kelayotgandi. U joriy mavsum 37 o‘yinda 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 34 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” “RB Leypsig”ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Xavi Simonsni De Bryuynega o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani va Simons transferi uchun kurash olib borishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Atalanta Kevin De Bryuyne Sharl' De Ketelare

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing