“Bayer”ning fantastik seriyasi nihoyasiga yetdi

Sport

image

“Bayer” 2023/2024 yilgi mavsumda birinchi marta mag‘lub bo‘ldi. Jamoa UEFA Yevropa ligasi finalida “Atalanta”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu mag‘lubiyat Xabi jamoasi uchun 361 kun ichida birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Oxirgi marta leverkuzenliklar 2023 yilning 27 may kuni “Boxum”ga 0:3 hisobida yutqazgandi. Klubning mag‘lubiyatsiz seriyasi 51 o‘yinni tashkil etdi – bu zamonaviy futbol tarixidagi eng uzun seriya.

“Atalanta” esa o‘z tarixida birinchi marta yevrokubok g‘olibiga aylandi. Final o‘yinida bergamoliklarning barcha gollariga nigeriyalik Ademola Lukman mualliflik qildi. 

Ma’lumot uchun, “Bayer” keyingi o‘yinini Germaniya kubogi finali doirasida “Kayzerslautern”ga qarshi o‘tkazadi. Bahs 25 may kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Atalanta Bayer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made