“Bavariya” “Bayer” yetakchisi bilan kelishib oldi
Sport
−
10 may
2273Germaniya terma jamoasi va Leverkuzenning “Bayer” klubi hujumchisi Florian Virs “Bavariya”ga o‘tish arafasida. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, har ikki tomon bu borada kelishib olgan va futbolchi myunxenliklar uchun 100 million yevroga tushadi. Virs yangi klubida yiliga 20-25 millioni yevro maosh olishi ham belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida, Virs joriy mavsum “Bayer” 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 13 ta assist amalga oshirdi. 22 yoshli hujumchining narxi “Transfermarkt” portalida 140 million yevroga baholangan.
LiveBarchasi