MYU Keynni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynni sotib olish fikridan voz kechdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” 29 yoshli hujumchini “shporlar” xo‘jayini Daniyel Levi “mankunianliklar”ga sotishdan bosh tortgani uchun uni qo‘lga kiritish bo‘yicha rasmiy taklif kiritmaslikka qaror qilgan. Qayd etilishicha, klublar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilmaydi.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag bu holatdan hafsalasi pir bo‘ldi. Biroq “qizil iblislar” ustozi yaqin orada klub hujumchi pozitsiyasiga munosib muqobil topa olishiga ishonmoqda.

2022/2023 yilgi mavsumda Keyn “Tottenxem” safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 90 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Harri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing