MYU futbolchisi ispan klubiga o‘tdi
Sport
−
26 yanvar 2022
3059“Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsial “Sevilya” futbolchisiiga aylandi. Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, futbolchi va klub o‘rtasidagi kelishuv mavsum oxirigacha amal qiladi va futbolchi ijara asosida to‘p tepadi.
Shuningdek, Marsialga “Barselona”, “Atletiko Madrid” va “Yuventus” qiziqish bildirgan. U 2015 yilda “Monako”dan 60 million yevro evaziga MYUga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Antoni mankunianliklar safida APLda 8 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli futbolchi tez orada La Liga jamoasiga qo‘shilishi va bu jamoa mavsum oxirigacha uning maoshini to‘lashi haqida xabar berilgan edi.
Kecha, 25 yanvar kuni fransiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Sevilya shahriga uchib ketdi.
LiveBarchasi