MYU futbolchilari 10 daqiqalik parvoz uchun baloga qoldi

Sport

image

“Manchester Yunayted” futbolchilari “Lester”ga qarshi kechgan Angliya Premer ligasining 8-tur uchrashuviga, samolyotda yetib keldi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.

Magistral yo‘l bo‘ylab Manchester va Lester shaharlari o‘rtasidagi masofa 170 kilometrni tashkil qiladi. Jamoaning samolyotda o‘tkazgan vaqti atigi 10 daqiqani tashkil etdi. Ma’lum bo‘lishicha, “qizil iblislar” bu qaror uchun tanqidga uchragan, chunki samolyotdan katta miqdorda zararli chiqindilar ajralib chiqadi.

“Mankunianlar” vaziyatni Lesterga olib boruvchi M6 trassasida tirbandlik yuzaga kelishi mumkinligi bilan izohlashdi.

Ma’lumot uchun, kecha,16 oktyabr kuni Angliya Premer ligasining 8-turi doirasida “Lester” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va “qizil iblislar”ning safardagi 29 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Man Yunayted Oester 10 minutlik parvoz

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing