MYU bosh murabbiyi kim bo‘lishi aniq bo‘ldi
Sport
−
29 Oktabr 2024 4319 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi portugaliyalik murabbiy Ruben Amorim bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda futbol jurnalisti Florian Plettenberg o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar shartnomaning asosiy tafsilotlari bo‘yicha kelishib olgan. Hozirda mankunianliklar “Sporting” bilan moliyaviy shartlarni muhokama qilmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis joriy mavsumdayoq “Manchester Yunayted”ga o‘tishga tayyor, biroq hozirgi klubiga bo‘lgan hurmati sabab Angliyaga yo‘l olishga biroz shoshmayapti.
Joriy mavsum 39 yoshli murabbiy qo‘l ostida “Sporting” 14 ta o‘yinda 12 ta g‘alaba, 1 ta durang va mag‘lubiyat qayd etdi. Mutaxassis bilan lissabonliklar 2 marta mamlakat chempioni va liga kubogi g‘olibiga aylandi. Shuningdek, “Sporting” Amorim bilan 1 marta Portugaliya Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MYUning niderlandiyalik ustozi Erik ten Xag ishdan olingani xabar qilingandi.
Hozirda jamoani boshqa bir niderlandiyalik murabbiy Rud van Nistelroy boshqarmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr